Kafedra o’quv kontingenti; o’quv rejaga binoan 4 va 6 kurs Pediatriya va Tibbiy pedagogika, davolash ishi fakulteti talabalari, O’quv yilining boshida xar bir o’qituvchi shaxsiy ish rejasi tuzilgan va fakultet dekani tomonidan tasdiklangan. Yangi 2018-2019 o’quv yili uchun fanlar buyicha mashg’ulotlar jadvali, amaliy mashgulotlarning kalendar tematik rejasi, kafedraning ish rejasi, namunali, ochiq, ko’rgazmali amaliy mashg’ulot va ma’ruzalarning rejalari, kafedraning yangi o’quv yiliga ma’naviy, o’quv uslubiy, ilmiy, tashkiliy ishlari rejalari ishlab chiqilgan. Shuningdek kafedra xodimlarining pasporti tuzilib institut axborot texnologiyalari bo’limiga topshirilgan.
Kafedra professor o’qituvchilarining faoliyati Oliy va o’rta ta’lim vazirligining buyrug’lari asosida hamda institut buyruq va farmoyishlari asosida fakultet dekani va uning muovinlari bilan birgalikda institut ichki inspektsiya xodimlari tomonidan kafedrada xujjatlarning holati, o’quv jarayoni borishini holati, talabalarni tartib intizomi, davomati, xodimlar o’kuv uslubiy ishlarini, ish faoliyatini muntazam ravishda nazorat qilib borildi va ko’rsatib o’tilgan ayrim kamchiliklar bartaraf etilib kelinmokda.
Amaliy mashg’ulotlar har bir professor va o’qituvchilarda mavjud ishchi dastur asosida u erda ko’rsatib o’tilgan mashg’ulotlar xronokartasi asosida, yangi pedagogik texnologiyalar qo’llagan holda (“Qora quti”,”Qopdagi mushuk”, “Ari uyasi”, “Auktsion”, “Miya xujumi”, “Aylana stol ustida”) olib borildi.
Shuningdek amaliy mashg’ulotlar o’tishda fanning yangi ta’lim texnologiyalaridan keng qo’llanildi (Keys, proekt, grafik organayzerlar). Yangi ta’lim texnologityalari bo’yicha ishchi dasturlar tuzildi.
Talabalar o’quv jarayoni davomida mustaqil ravishda professor o’qituvchilar nazorati ostida murdalarning va tirik shaxslarning sud tibbiy ekspertizalarini o’tkazadilar. Talabalar tekshirishlarni o’tkazib bo’lganlaridan keyin "Ekspert xulosasi"ni tuzadilar va o’z amaliy ko’nikmalarini shakllantiradilar. Amaliy mashg’ulotlar, mashg’ulot xronokartasi asosida interaktiv o’qitish usullarini qo’llagan holda olib boriladi.
Amaliy mashg’ulotlar kafedrada mavjud quyidagi zamonaviy informatsion texnologiyalar yordamida olib boriladi;
1. Multimediya proektori;
2. Kompyuter;
3. Tematik videotasma videoikkilik yordamida kursatiladi;
4. DVD magnitofon disklari bilan;
5. Amaliy mashg’ulotlar va maruzalar buyicha multimediya materiallari;
6. Barcha mavzular buyicha rangli lazer plenkalar Overxed yordamida namoish qilindi;
7. Mavzular buyicha mulyajlar, tematik plakatlar va stendlar;
8. Rangli fotoalbom fotosuratlar;
9. Multimediya proektori;
O’quv jarayonida alohida e’tibor talabalar tomonidan amaliy ko’nikmalarni egallashligiga qaratilgan, shu sababli ularni murdalarni mustaqil tekshirish, tirik shaxslarni sud tibbiy ko’rikdan o’tkazish, voqea sodir bo’lgan joyda murdani ko’zdan kechirish kabi amaliy ko’nikmalarni egallashlariga ahamiyat berildi.
Talabalar fanlar buyicha darsliklar bilan to’liq ta’minlangan.O’quv adabiyotlari sud tibbiyoti fanidan rus tilida xamda o’zbek tilida lotin va kiril alifbosida mavjud. 4 kurs tabalalari uchun Sud tibbiyoti fanidan 5 ta darslik mavjud ularning soni institut kutubxonasida etarli darajada. 6 kurs tabalari uchun vrach faoliyatining xuquqiy asoslari fanidan o’quv qo’llanma rus va o’zbek tillarida etarli miqdorda institut axborot resurs markazida bor. Shuningdek ma’ruza matnlari yangilandi va institut axborot resurslar markaziga topshirildi.
Kafedrada kutubxona talabalar uchun tashkil etilgan bo’lib, ushbu kutubxonada 4 kurs talabalari uchun sud tibbiyoti fanidan va 6 kurs talabalariga vrach faoliyatining xukukiy asoslari fanidan o’quv darsliklari, qo’llanmalari, atlas mavjud. Sud tibbiyoti fanidan elektron darsliklar mavjud. Sud tibbiyoti fanidan 1200 ta yangi avlod testlari mavjud bo’lib (bitta to’g’ri javobli, ikki va undan ortiq, ketma-ketlik va moslik bo’yicha test savollar) ushbu testlardan joriy nazorat jarayonida va oraliq nazoratda o’quv rejasiga muvofiq talabalarning bilimini baholashda ishlatilib kelindi.
O’qituvchilarning malakasini oshirish va ularning bilimini rivojlantirish maqsadida tuzilgan reja asosida ochiq va ko’rgazmali darslar o’tkazildi va ushbu natijalar kafedra kengashlarida tahlil qilinib, bayonnomalarga qayd etildi. Kafedrada o’quv ishlari, o’quv yilining boshida kafedra majlisida tasdiqlangan kafedraning o’quv va ish rejalari asosida olib borildi.